
"Atletiko" Madridda "Betis"dan ustun keldi. Suares yana gol urdi (video)
Ispaniya La Ligasining 7-turidan “Atletiko” o‘z maydonida “Betis”ni qabul qildi.
Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechgan o‘yin 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarni Markos Lorente (46') va Luis Suares (90') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar