
"Atletiko Madrid" "Arsenal" himoyachisini ko‘zlab qo‘ydi
Madridning "Atletiko" klubi "Arsenal" himoyachisi Zinchenkoni sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda "Sky Germany" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, madridliklar ukrainalik futbolchini doimiy shartnoma yoki sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor.
Dortmundning "Borussiya" klubi ham Aleksandr bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o‘rganib chiqdi. Biroq, ularning qiziqishlari shartnomaning potentsial narxi haqidagi muammolari sabab, himoyachidan voz kechdi. Bir nechta manbalarga ko‘ra, Zinchenko Shimoliy Londondan uzoqlashishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 30 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar