"Atletiko" Felishga shaxsiy shartnoma shartlarini ma’lum qildi

  • 28 iyun, 2019, 09:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi "Benfika" vingeri Joau Felish masalasida 126 mln evrolik rasmiy taklif yuborgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 19 yoshli portugaliyalik futbolchiga shaxsiy shartnoma shartlarini ham ma’lum qilishgan. Unga ko‘ra agar Felish Madrid klubiga ko‘chib o‘tsa, ular bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 3,5 mln evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Felish o‘tgan mavsum “Benfika” safida 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 20ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!