"Atletiko" etakchisi klubni tark etmoqchi

  • 29 yanvar, 16:39
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Atletiko"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Tribal Football portali xabar bermoqda.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi joriy mavsum yakunida klubini o‘zgartirmoqchi. Grizmann o‘z qarorini "matraschilar" rahbariyatiga ma’lum qilib bo‘lgan.

Antuanning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Biroq, "Atletiko" yozda o‘z etakchisini sotishdan yaxshigina pul ishlab olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 33 yoshli hujumchi 21 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!