"Atletiko" "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 3 aprel, 2019, 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madridning asosiy hujumchisi Alvaro Morata "Barselona"ga qarshi muhim bahs oldidan jarohat oldi.

Tecno

Morata"Jirona"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan tiklanish mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra Morata to‘pig‘idan jarohat olgan.

Ayni damda Moratadan tashqari shuningdek Diego Kosta va Toma Lemarlar ham lazaretda qolishmoqda. Shifokorlarning aytishicha Kosta ham Morata ham “Barselona”ga qarshi o‘yinga qadar safga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!