"Atletiko" "Atalanta" etakchisini qo‘lga kiritishga urunib ko‘rdi

  • 2 sentabr, 2021, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi joriy yozgi transferlar oxirida "Atalanta" qanot himoyachisi Robin Gosensni sotib olishga urunib ko‘rdi.

Tecno

Jurnalist-insayder Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, "matraschilar" germaniyalik futbolchi orqali o‘zlarining qanot himoyasini kuchaytirishni maqsad qilishgan edi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Atalanta" esa “Atletiko”ning taklifni rad etgan. Chunki bergamoliklar qisqa vaqt ichida Gosensga munosib o‘rinbosar topa olishlariga ishonishmagan.

Robin Gosens o‘tgan mavsum A Seriyada jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!