"Atletiko" "Arsenal" futbolchisi bilan kelishib oldi, ammo...

  • 23 sentabr, 2020, 21:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Atletiko" futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi shartnoma shartlari borasida Madrid klubi bilan kelishib olgan.

Ikki klub o‘zaro kelishuvga erishib ulgurmadi. Urugvaylik futbolchini xarid qilish uchun Diego Simeone ustozlik qiladigan jamoa Ektor Errerani sotib yuborishi kerak bo‘ladi.

Torreyra "Peskara" va "Sampdoriya" klublaridagi faoliyatidan so‘ng, 2018 yili "Arsenal" jamoasiga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!