"Atletiko" 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi, "Barsa" esa yo‘q!

  • 17 aprel, 2024, 13:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Atletiko" chempionlar ligasi chorak finalidan chiqib ketdi. Klub "Borussiya"ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:5 hisobida yutqazdi. 

Tecno

Ammo ushbu mag‘lubiyatga qaramay, "matraschilar" 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Madrid jamoasi UEFA reytingida "Barselona"dan o‘zib ketdi va AQShda o‘tadigan turnirda Evropaning 11-klubiga aylandi. Bu musobaqada ishtirok etgan har bir klubga 50 million evro miqdorida mukofot puli to‘lanadi. 

Avvalroq, "Chelsi", "Real", "Manchester Siti", "Bavariya", PSJ, "Inter", "Portu", "Benfika", "Borussiya Dortmund" va "Yuventus" kabi jamoalar jahon chempionatiga yo‘l olishni uddalagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!