
"Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi qaydnomasidan qaysi futbolchilar joy olishdi?
Avval xabar berganimizdek bugun Ispaniya La Ligasida 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Turning markaziy uchrashuvi shubhasiz Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechadi.
Shu kuni “Atletiko” Kataloniyaning “Barselona” klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Quyida har ikkala jamoaning ushbu uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Atletiko" Madrid
Darvozabon: Yan Oblak, Antonio Adan;
Himoyachilar: Santyago Aryas, Mario Ermoso, Felipe, Kiran Tripper, Renan Lodi;
Yarim himoyachilar: Koke, Toma Lemar, Saul Niges, Tomas Parti, Markos Lorente, Ektor Errera, Vitolo, Joau Feliks, Anxel Korrea;
Hujumchilar: Alvaro Morata, Ivan Shaponich.
"Barselona":
Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen, Neto;
Himoyachilar: Jerar Pike, Mussa Vage, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Kleman Langle, Serdji Roberto;
Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Karles Alenya, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Karles Peres, Anssumane Fati, Artur;
Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Antuan Grizmann.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” hozirda musobaqa jadvalida 25 ochko bilan 5-o‘rinda, “Barselona” esa 28 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar