
"Atalanta"ning etakchi hujumchisi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tmoqchi
"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman faoliyatini "Inter"da davom ettirish istagini bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Lukmanning rejalari aniq: u imkon qadar tezroq "Atalanta"ni tark etib, faqat "Inter"ga qo‘shilmoqchi. Hujumchi allaqachon o‘z agentlari va klubiga Bergamoda boshqa o‘ynamasligini ma’lum qilgan.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli nigeriyalik futbolchi umumiy 40 ta o‘yinida ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 7 ta gol uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Lukmanning transfer narxi 60 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar