
"Atalanta" sardori Italiyada qolmoqchi
Jamoadan ketayotgan "Atalanta" xavbeki Alexandro Gomes o‘zining kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchi "Milan" yoki "Inter"ga o‘tmoqchi. Shu sababli u "Roma" va PSJdan bo‘layotgan takliflarni rad etmoqchi.
Aytish kerakki, Gomes va bosh murabbiy Jan Pero Gasperi o‘rtasidagi munosabatlarga putur etgan.
Gomes joriy mavsum “Atalanta” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar