"Aston Villa" himoyachisi Premer-liga "Fantasy" rekordini o‘rnatdi

  • 27 avgust, 2023, 21:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" APLning 3-turida "Byornli" ustidan (3:1) g‘alaba qozondi. 

Birmingemliklar himoyachisi Metti Kesh bellashuvning 20-daqiqasiga kelib, dubl qayd etdi. Angliya Premer-ligasining "Fantasy" o‘yinida himoyachining goli uchun 6 ochko beriladi. Shuningdek, 60 daqiqadan ko‘proq maydonda harakat qilganiga 2, bellashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani uchun 3 ochko taqdim etiladi. 

17 ochko to‘plagan "Villa" himoyachisi bu mavsumdagi eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Bungacha Mbemu 16 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. 

164 nafar "Fantasy" menejeri Keshni 3-tur uchun asosiy tarkibga kiritgan, ammo hech kim uni sardor qilmagan. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!