
"Aston Villa" Abraxamni sotib olmoqchi
APLda 7-o‘rinda ketayotgan "Aston Villa" kelasi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub ayni dam evrokuboklar uchun yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashmoqda. Shu sababli, birmingemliklar yozda yirik transferlar qilishga harakat qiladi.
"90 MIN" nashri xabar berishicha, "Aston Villa" "Roma"dan Temmi Abraxamni sotib olmoqchi. Hujumchi mavsum so‘nggida rimliklarni tark etishi mumkin. Unga "Manchester Yunayted" va PSJ kabi jamoalar ham qiziqmoqda. Anglyailik futbolchining tovon puli 80 million evroni tashkil qiladi.
"Aston Villa" bundan tashqari yarim himoyani ham kuchaytirmoqchi. Klub radariga "Manchester Siti" vakili Kalvin Fillips tushgan.
Fikrlar