
Aspinalning otasi: "Jon Jons g‘alabani yoqtiradi, lekin mag‘lubiyatdan qo‘rqadi"
Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal(15-3)ning otasi va murabbiyi Endi Aspinal o‘g‘li va Jon Jons (28-1-1 N/C) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"UFC Tom va Jon jangi bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Menimcha, ularning to‘qnashuvi Las-Vegasda o‘tkaziladi. U erda juda ko‘p pul ishlab topish mumkin. Ammo Jons buni xohlaydimi yoki yo‘qmi, aniq tushunmadim. U g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘radi, lekin mag‘lubiyatdan qo‘rqadi", - dedi Endi Aspinal.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Tom Aspinal Kyortis Bleydsni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.
Fikrlar