Asosiy raqib – O‘zbekiston!

  • 23 noyabr, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

30 noyabr – 12 dekabr kunlari Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov qit’a chempionatidagi asosiy raqiblar haqida gapirdi.

- Bizning asosiy raqibimiz – O‘zbekiston terma jamoasi. Olimpiadadan keyin ular jahonning eng zo‘r bokschilari ro‘yxatida birinchi qatorni band etishdi. Ularda sovrindor va kuchli bokschilar juda ko‘p.

Lekin boshqa terma jamoalarda ham qarshilik ko‘rsatishga qodir sportchilar bor. Tailand, Qirg‘iziston, Xitoy, Filippin, Mo‘huliston va Janubiy Koreya jangchilari ham raqobatga tayyor.

Parij Olimpiadasida boks bo‘yicha eng ko‘p sovrinlarni aynan Osiyo qit’asi vakillari qo‘lga kiritganini hammamiz bilamiz.

Shunday ekan, Osiyo chempionatida medallar uchun kurash keskin va murosasiz kechadi. Biz esa, u erga oltin medallar uchun boramiz, - dedi Qayrat Satjanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!