Ashraf Hakimi Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
PSJ va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi Afrika futbol konfederatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U sovrin uchun kurashda Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr) va Viktor Osimxen ("Galatasaray", Nigeriya)ni ortda qoldirdi.
"Butun shon-shuhrat – Xudoga taalluqli. Bu sovrin faqat meniki emas – u barcha afrikaliklarga, futbolchi bo‘lishni orzu qiluvchi yosh afrikaliklarga tegishli. Men barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman", – dedi Hakimi.
Ma’lumot o‘rnida, yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida Yassin Bunu ("Al-Hilol", Marokash) tanlandi.



Fikrlar