Asensio uchun APLning ikki klubi kurash olib boradi

  • 3 yanvar, 16:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Primer-Ligasining ikki klubi Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Caughtoffside" xabar bermoqda.

Tecno

PSJ qishki transfer oynasida yarim himoyachi Marko Asensio bilan xayrlashishga tayyor. "Aston Villa" va "Nyukasl" futbolchini sotib olish uchun kurashishi mumkin. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening rejalaridan Asensio o‘rin olmagan.

28 yoshli ispaniyalik xavbek klubni tark etishga tayyor va "Nyukasl" hamda "Aston Villa" bilan muzokaralar olib bormoqda.

PSJ Asensio uchun 25-30 million evro atrofidagi takliflarni qabul qilishga tayyor. Biroq, APLning ikkala klubi ham uni 2024/2025-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishni afzal ko‘rishadi. Futbolchi uchun asosiy ustuvorlik o‘yin vaqti hisoblanadi. Yarim himoyachi bilan bog‘liq vaziyatni "Real Sosedad," "Betis" va "Arsenal" kuzatib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!