Artyom Filiposyan "Buxoro" klubidan taklif oldi

  • 2 yanvar, 2022, 11:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Tailand chempionatidan qaytib kelgan tajribali himoyachi Artyom Filiposyan joriy mavsumni O‘zbekiston chempionatida o‘tkazadi.

Tecno

Sports.uz olgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu futbolchiga “Buxoro” klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

filiposyan1

Ma’lumki, bu jamoaga Hakim Fuzaylov bosh murabbiy etib tayinlandi va tarkib mahoratli futbolchilar hisobiga kuchaytirilib, Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Shu maqsadda klub Filiposyanga taklif bilan chiqdi.

Buning ustiga buxorolik muxlislar ham uni juda yaxshi bilishadi. 2016-2018 yillar davomida “Buxoro” sharafini munosib himoya qilgan. Lekin hozircha Artyom bir qarorga kelgani yo‘q. Boisi shuki, uning xizmatiga Superliga ishtirokchilari orasida ham ko‘z tikayotganlari bor.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!