
Artur Taymazovning ashaddiy raqibi nega UFCga o‘tolmadi?
Erkin kurash bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasining yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r kurashchilari Artur Taymazov va Bilol Maxov xalqaro maydonda bir biri uchun jiddiy raqib edi.
Bilol Maxov erkin kurashdan tashqari, yunon-rum kurashi bo‘yicha ham yuqori natijalarni qayd etgan UFC janglarida qatnashmoqchi bo‘lgan. Lekin bu amalga oshmadi.
Nega bunday bo‘lganiga yana bir Olimpiada chempioni Xojimurod Gatsalov aytib berdi.
- 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan oldin “Ivan Yarigin” turnirida 20 yoshli Bilol Maxov simob bilan zaxarlandi. Ana shu voqea keyingi faoliyatiga ham ta’sir qildi va uning UFC bilan 2015 yilda imzolangan shartnomasini amalga oshishiga yo‘l qo‘ymadi, - deydi Hojimurod Gatsalov.
Gatsalovning aytishicha, Bilol uzoq vaqt davolanib yurishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, 2018 yilda Isroilda umurtqasini ham operatsiya qildirgan. Shunga qaramay, rossiyalik polvon 2019 yilning avgustida sportchilik faoliyatiga qaytdi.
Fikrlar