Arteta: "Liverpul" mutlaq boshqa darajadagi klub

  • 27 sentabr, 2020, 04:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv "Liverpul" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasida kechadi. Ushbu bahs oldidan londonliklar ustozi Mikel Arteta o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Men "Liverpul"da o‘z natijalaridan qoniqish hissini ko‘rmayapman. Ular qaysi hisobda g‘alaba qozonayotganidan qat’i nazar doim oldinga intiladi.

"Liverpul" bu yaxshi murabbiy qo‘l ostida g‘alaba ruhida tarbiyalangan katta jamoa. Jamoadagi futbolchilarning barida shu hislat mavjud. 

Bu umuman boshqa daraja. So‘nggi yillarda ham APL, ham Chempionlar Ligasi titulini qo‘lga kiritgan yagona jamoa qarshisida ekanligimizni anglab turibmiz. Hatto, ancha katta tarkibga ega "Siti"ning ham  natijalari bunday emas", - dedi Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!