Arteta: "Jamoamizni jiddiy sinov kutmoqda"

  • 18 sentabr, 2021, 16:38
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasi 5-turi doirasidagi "Byornli"ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z futbolchilarining imkoniyatlarini baholadi.

Tecno

"Sky Sports" manbasida keltirilishicha, Mikel o‘yindan oldingi matbuot anjumanida jamoasiga bo‘lajak jangda oson bo‘lmasligini tan oldi.

"Barchamiz "Byornli" safari qanchalik og‘ir bo‘lishini tushunib turibmiz. Jamoamizni jiddiy sinov kutmoqda. Quyi zonada joylashgan jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin bo‘ladi.

Ular ayni dam har bir ochkoga tashna holatda. Raqibimiz juda tartibli va uyushqoq jamoa bo‘lib, etarlicha muammo yuzaga kelishini kutyapman", - deya izoh beradi murabbiy. 

Eslatib o‘tamiz, "Byornli" - "Arsenal" bahsi bugun 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!