
Arteta ikki o‘t orasida qoldi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Real”ning ikki futbolchisidan birini tanlashi kerak bo‘lyapti.
Ayni paytda “kanonirlar” tarkibida madridliklarga tegishli bo‘lgan Dani Sebalos ijara asosida to‘p tepmoqda. Lekin bu futbolchi yozdi “Qirollik klubi”ga qaytib ketadi va Arteta yana maydon markazida samarali o‘ynay oladigan yarim himoyachi topishi kerak bo‘ladi.
Shu bois, Arteta “Real” transferga qo‘ygan Iskoni olmoqchi. Biroq Londonliklar bu transferni faqatgina yozda amalga oshira oladi.
Madridliklar Iskoni yozgacha ushlab turolmaydi. Chunki pleymeyker Ispaniya terma jamoasi safida yozda bo‘ladigan Evropa chempionatida qatnashish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida qishda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishni maqsad qilgan.
Agar Arteta tezroq bir qarorga kelmasa, Isko yanvarda “Yuventus” yoki “Everton”dan birini tanlaydi.
Fikrlar