Arteta: "Gvardiolaning menga ilk bor qo‘ng‘iroq qilganini yaxshi eslayman..."

  • 22 dekabr, 2022, 17:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ustozi Xosep Gvardiola borasidagi xotiralarni esladi. 

Tecno

"Gvardiolaning menga ilk qo‘ng‘iroq qilganini yaxshi eslayman. "Men Angliyaga borishim mumkin. Yordamchim bo‘lishni istaysanmi?", - degandi u. 

Men unga hali futbol o‘ynayotganimni va bunga erta ekanini aytdim. Aslida, Pep bilan 15 yoshligimdayoq ko‘rishganman. U mening kumirim edi. 

U "Barselona" va "Bavariya"da ishlab yurgan kezlarida mendan ingliz jamoalari haqida ko‘p so‘rab turardi. Ularga qarshi qanday o‘ynash mumkinligi to‘g‘risida maslahatlar so‘rardi.

U men bilgan eng kuchli mutaxassislardan biri. Bunga boshqalar ham qo‘shilsa kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!