Arteta: Bu futbolchi meni anchadan beri lol qoldirib keladi

  • 20 iyul, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yaqinda “kanonirlar” safiga qo‘shilgan Kay Havertsning qobiliyatlari haqida gapirdi.

Hujumda ham o‘ynashga qodir bo‘lgan germaniyalik yarim himoyachi iyul oyi boshida "Chelsi"dan "Arsenal"ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning transfer narxi esa 75 million evroga baholanmoqda.

“Haverts – uzoq vaqtdan beri meni lol qoldirib kelayotgan futbolchi. Men u bilan bir necha marta suhbatlashganman va shu vaqt ichida aynan u jamoamizni yanada kuchaytira oladigan o‘yinchi ekanligi hamda jamoamizga kerakli shaxsligini darhol anglaganman”, - dedi ispaniyalik mutaxassis ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Qay Xaverts o‘tgan mavsum "Chelsi" safida Premer-ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!