Arteta: "Bizga shunchaki jismoniy tanalar kerak emas"

  • 26 dekabr, 2022, 13:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klub qishki transferlar oynasida ayrim xaridlarni amalga oshirishga intilayotganini aytdi.

Tecno

"O‘tgan yozda bo‘lgani kabi qishki mavsumda ham futbolchilarni sotib olishni reja qilganmiz. Biroq bu jamoa uchun o‘yin uslubi to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilarni majburlab olib kelish degani emas, songa emas sifatga e’tibor qaratamiz.

Bizga shunchaki jismoniy tanalar kerak emas, jamoa sifatini yaxshilashga ko‘zi etgan yigitlar bizga zarur. Biz klub sport direktori va boshqaruv kengashi bilan bu borada birdammiz", - deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabritsio Romano Tvitterdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Angliya premer-ligasining 14-turidan so‘ng "Arsenal" 37 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda ketmoqda, ular ikkinchi pog‘onadagi "Manchester Siti"dan 5 ochkoga oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!