
Arteta "Arsenal"ning yangi transferlari haqida gapirdi
"Arsenal" Gabriel Jezusning uzoq muddat safdan chiqqani bois yangi hujumchi sotib olishga harakat qilmoqda. Klub murabbiyi Mikel Arteta ehtimoliy transferlar haqida gapirdi.
"Biz imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqdamiz va faolmiz. Agar jamoani kuchaytira oladigan o‘yinchilarni topa olsak, harakat qilamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" "Atletiko" futbolchisi Mateus Kunya transferiga qiziqmoqda, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri. Madrid klubi braziliyalikni qo‘yib yuborishga tayyor. Uni qo‘lga kiritishni "Vulverxempton" ham xohlaydi.
Fikrlar