“Arsenal”ning moliyaviy holati yomonlashdi. Jamoa etakchisini sotishi kutilmoqda

  • 1 mart, 2020, 14:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar oynasi vaqtida “to‘pchilar” etakchisi Per-Emerik Obameyangni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Tecno

Londonliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish niyatidalar. Ammo kelgusi mavsum chempionlar ligasiga chiqmagan taqdirda klubning moliyaviy holati ancha og‘irlashadi. Shu jihatdan, balansni saqlash uchun jamoa ba’zi etakchilarini sotishiga to‘g‘ri keladi. Kataloniyaliklar esa hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Avvalroq klubning boshqa etakchisi Aleksandr Lyakazet ham chempionlar ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmasa jamoadan ketish haqida klub bilan kelishib olgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” hozirda Angliya prem’er ligasida 10-pog‘onada bormoqda. Avvalroq, klub Evropa ligasining 1/16 bosqichi doirasida Gretsiyaning “Olimiakos” jamoasiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!