"Arsenal" yozda yarim tarkibni sotib yubormoqchi

  • 12 may, 2021, 13:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida ulkan o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “kanonirlar” rahbariyati klubdagi moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun mavsumlar oralig‘ida 10 ta futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Darvozabon Bernd Leno, himoyachilar Ektor Belerin va David Luiz, yarim himoyachilar Granit Jaka va hujumchi Aleksandr Lyakazett yozda transferga qo‘yiladi. Bundan tashqari, "Arsenal" himoyachi Ensli Meytlend-Naylz, yarim himoyachilap Ris Nelson, Jo Uillok, Matteo Genduzi va Lukas Torreyraning transferi bo‘yicha ham takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" qatorasiga beshinchi marta APLda mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlay olmadi. Londonliklarda Evropa ligasi orqali EChLga yo‘llanma olish imkoniyati mavjud edi, biroq ular yarim finalda "Vilyarreal"ga (1:2, 0:0) imkoniyatni boy berdi.

“Arsenal” 35 turdan so‘ng premer-liga musobaqa jadvalida 52 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!