"Arsenal" yangi mavsum safar libosini taqdim etdi (FOTO)

  • 19 iyul, 2024, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi o‘zining rasmiy saytida yangi 2024/2025 yilgi mavsumda foydalanadigan yangi mehmon libosini taqdim etdi.

Tecno

“Biz qit’aning dizayn an’analaridan ilhom olib, afrikalik muxlislar bilan aloqamizni yanada yaxshilaymiz. Qora, qizil va yashil rangdagi an’anaviy pan-Afrika ranglarini o‘zida mujassam etgan bu libosda Labrum London asoschisi Foday Dambuya tomonidan ishlab chiqilgan ajoyib oq zigzag naqsh mavjud”, - deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta jamoasi Premer-ligada o‘tgan mavsum 89 ochko jamg‘arib, chempion “Manchester Siti”dan ikki ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Premer-liganing yangi mavsumi 16 avgust kuni boshlanadi. “Arsenal” mavsumning ilk o‘yinini 17 avgust kuni “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!