“Arsenal” “Real”dan yana futbolchi oladi

  • 28 aprel, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” keyingi paytda “Real”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan futbolchilardan juda unumli foydalanmoqda.

Tecno

Ayni paytda “kanonirlar” safida “Qirollik klubi”ga tegishli bo‘lgan Dani Sebalos va Martin Edigor to‘p tepmoqda. Mikel Arteta endi jamoaga Takefusa Kuboni chorlayapti.

“Yaponiyalik Messi” laqabi bilan mashhur bu futbolchi hozir ijara asosida “Xetafe” sharafini himoya qilyapti.

19 yoshli futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotgan “Arsenal” rahbariyati “Real”ga maxsus taklif tayyorlamoqda. Londonliklar Kuboga qo‘shib, Sebalos va Edegorning ham transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!