
"Arsenal" Ramsdeylga boshqa o‘rinbosar topdi
"Arsenal" jamoani Aaron Ramsdeyl tark etganidan keyin yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Buning uchun klub "Espanol" a’zosi Joan Garsiya bo‘yicha ispanlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, "Espanol" "kanonirlar"ning ikkita taklfini rad qildi. Jamoa 30 million evro talab qilmoqda. "Arsenal" esa 20 million evrolik taklif bilan chiqqan. Shundan keyin londonliklar boshqa posbon izlashga tushdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Arsenal" "Bornmut" futbolchisi Neto bilan kelishib oldi. Agarda Garsiya transferi barbod bo‘lsa, klub braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzolaydi.
Fikrlar