"Arsenal" "Manchester Yunayted"ning noyob statistikasini takrorladi

  • 27 oktabr, 18:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yakshanba kuni Premer-liga doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan bahsda (1:0) yana bir bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Yagona gol 39-daqiqada Eberechi Eze tomonidan kiritildi. E’tiborlisi, "kanonirlar" qatorasiga 100 o‘yindan buyon 2 tadan ko‘p to‘p o‘tkazib yubormayapti, bungacha Angliyaning faqat bir jamoasi - "Manchester Yunayted" (2016-2018) bunga erisha olgandi.

Tecno

"Arsenal" Premer-liganing joriy mavsumida 22 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Mikel Arteta jamoasi chempionatning to‘qqizta o‘yinida atigi uchta gol o‘tkazib yubordi.

29 oktyabr kuni London grandi o‘z uyida Liga kubogi doirasida "Brayton"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!