
"Arsenal" Koutinoni APLga qaytarishi mumkin
"Barselona"ning "Bavariya"da ijara asosida to‘p surayotgan yarim himoyachisi Filippe Koutino Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqida The Mirror nashri xabar bermoqda.
Oldinroq, nemis klubi braziliyalikning shartnomasini sotib olmasligi va u kataloniyaliklar safiga qaytishi ma’lum bo‘lgandi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin. Ta’kidlanishicha, ushbu kelishuv futbolchining agentining "kanonirlar"ga muhlisligi sabab amalga oshishi mumkin ekan.
Fikrlar