
“Arsenal” katta transferdan nega voz kechgani oshkor bo‘ldi
“Arsenal” rahbariyati anchadan beri klub nishonida turgan “Lids” etakchisi Rafinya Diasni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytdi.
Manbaning ta’kidlashicha, bunga “kanonirlar” boshqa yuqori saviyali o‘yinchi – “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezusni jamoaga o‘tishga ko‘ndira olgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Braziliyalik hujumchi “shaharliklar” asosiy hujumchi sifatida Erling Xolandni olib kelganidan keyin klubdan ketishga qaror qilgan.
“Arsenal” Jezusni o‘z safiga qo‘shib olish uchun manchesterliklarga 45 million funt to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Rafinya ham tez orada “Lids”ni tark etishi kutilmoqda. Unga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar