
"Arsenal" hujumchisi Artetadan norozi
"Arsenal" hujumchisi Nikolya Pepe joriy mavsumdagi o‘yin amaliyotidan norozi ekanligini aytib o‘tdi.
"Men maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlayman, chunki etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish har bir futbolchi uchun baxt hisoblanadi.
Arteta meni maydonda 90 minut mobaynida o‘ynashga tayyorlaydi, biroq mashg‘ulotlardan so‘ng zaxirada ekanligim oydinlashadi. Murabbiy va uning yordamchilari meni o‘zlarining sevimli futbolchisi ekaninimni ko‘p tilga olishadi, ammo doim zaxirada qolib ketyapman.
Qarorlarni murabbiy qabul qiladi, men esa ko‘prog‘iga loyiqligimni isbotlashim kerak", deydi Pepe.
Joriy mavsumda Pepe "Arsenal" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 2 ta assistni hisobiga yozib qo‘ydi. 25 yoshli ivuarlik 6 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 6 tasida zaxiradan maydonga tushgan.
Fikrlar