"Arsenal" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 14 mart, 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yozgi transfer oynasida "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni qo‘lga kiritish niyatida. 
 
Xabaringiz bor, Arteta bu mavsum maydon markazida va hujum chizig‘ida ko‘plab yo‘qotishlarga duch keldi. Shu bois, klub yozgi transferlar oynasida ikki chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 
 
"The Sun" nashrining xabariga ko‘ra, Mikel o‘z jamoasining markaziy chizig‘ini rivojlantirish uchun aynan braziliyalik futbolchini asosiy maqsad qilib belgilagan. Biroq, "Nyukasl" xavbekni osonlikcha kamroq summaga qo‘yib yubormoqchi emasligini bildirgan. Shuning uchun "kanonirlar" yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun ancha mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, londonliklar "Nyukasl Yunayted" forvardi Aleksandr Isakka ham ko‘z tikkan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 38 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!