
"Arsenal" Boateng masalasida "Bavariya" bilan muzokara boshladi
Londonning "Arsenal" klubi germaniyalik himoyachi Jerom Boatengning transferi bo‘yicha "Bavariya" bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda Sky Germany nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 31 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Myunxenliklar esa uni 15 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Boateng joriy mavsum “Bavariya” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar