
“Arsenal” besh futbolchi taqdirini hal qildi
“Arsenal” rahbariyati jamoaning besh nafar futbolchisi kelajagi bo‘yicha bir qarorga eldi. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, klub ularga yangi shartnoma beradi.
Xo‘jayinlardan yangi bitim oladigan “kanonirlar”dan biri Bukayo Sakaning amaldagi kelishuvi 2023 yili tuzilgan va 2027 yilning yarmigacha amal qiladi. Tez orada klub hujumchi bilan muzokara boshlaydi.
Angliya Premer-ligasidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar tandemi – Gabriel Magaleyas va Vilyam Salibaning klub bilan kelishuvi tugashiga ikki yil qoldi. Braziliyalik himoyachini saudiyaliklar olib ketmoqchi. Shu bois, “Arsenal” u bilan tezkor ravishda muzokaraga kirishdi.
Londonliklar jamoada porlay boshlagan yangi yulduzchalarni ham nazardan qochirgani yo‘q. Evening Standard nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari Mayls Lyuis-Skelli hamda Itan Nvaneri asosiy tarkibdan joy olgani uchun ularni yangi shartnoma bilan taqdirlaydi.
Fikrlar