“Arsenal” 200 million evroga eng zo‘r hujum chizig‘ini tashkil qiladi

  • 10 aprel, 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” yozgi transferlar bozorida faollik ko‘rsatishga tayyorlanyapti. “Kanonirlar” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yaxshigina xarajat qilishga tayyor.

Tecno

Londonliklar jamoa hujumchisi Bukayo Saka yoniga yana ikki qimmatbaho futbolchi olib kelib, eng kuchli hujum triosini tashkil qilish uchun 200 million evro tayyorlab qo‘ygan.

“Arsenal” mutasaddilari bu summaga “Nyukasl” to‘purari Aleksander Isaak va “Atletik” etakchisi Niko Uilyamsni olib kelmoqchi.

Joriy mavsumda 34 ta uchrashuvda 24 ta gol va beshta assist qayd etgan shved hujumchisi Isaakni olish uchun londonliklar “qarg‘alar”ga  140 million evro to‘lashga tayyor. Bilbaodan Uilyamsni olib kelishga 60 million evro yo‘naltiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!