
Arsen Venger yana jahon chempionatini har 2 yilda o‘tkazish bo‘yicha gapirdi
FIFAning futbolni global rivojlantirish departamenti rahbari Arsen Venger jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasi haqida gapirdi.
“Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy nuqtai nazardan hech qanday muammo bo‘lmaydi. Hamma plyusda bo‘ladi, xuddi pirog kattalashgani singari.
Bundan tashqari, biz bir oy ichida barcha saralash o‘yinlarini o‘tkazishni istamaydigan Evropa jamoalarining takliflarini inobatga oldik”, - dedi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi formatga ko‘ra, futbol bo‘yicha jahon chempionati har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi va unda sayyoramizning eng kuchli 32 ta terma jamoasi ishtirok etadi.
Fikrlar