Arsen Venger 2026 yilga jahon chempionatida qaysi mamlakat muvaffaqiyat qozonishini bashorat qildi

  • 5 mart, 2021, 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal"ning sobiq ustozi Arsen Venger AQSh terma jamoasining 2026 yilda o‘z maydonida bo‘ladigan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishini bashorat qilmoqda.

"Amerikaliklar 2026 yilda yaxshi jamoaga ega bo‘lishadi. Ularda allaqachon o‘nga yaqin yosh futbolchi top-klublarda o‘ynamoqda.

AQShda futbol haqiqiy mashhurlikka erishish uchun ancha vaqt talab qilindi. Beysbol kabi ba’zi sport turlari yosh muxlislarini yo‘qotmoqda. Bu mamlakatda futbolning ommalashishiga bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan ayollar futbol terma jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shdi. Va nihoyat, amerikaliklar futboldan aqldan ozishdi”, - dedi frantsiyalik mutaxssis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!