Arnold yana safdan chiqdi. Himoyachi keyingi yilgacha maydonga tusha olmaydi
Yozda "Real"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan Trent-Aleksand Arnold yana jarohat olib, safdan chiqdi.
"Atletik"ga qarshi uchrashuvda himoyachi asosiy tarkibda o‘yinni boshladi va yaxshi ta’surot qoldirayotgandi. U Kilian Mbappening birinchi golida ham ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Ammo 55-daqiqada mushaklaridagi muammo sabab, maydonni tark etdi.

Xose Luis Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, jarohat jiddiy va futbolchi uchun yil yakunlandi. U 2025 yilda qaytib maydonga tusha olmaydi. Bu Arnoldning ushbu mavsumdagi 3-marotaba jarohat olishi hisoblanadi.



Fikrlar