Arne Slot: "Chempionlik futbolchilarni jalb qilishda katta afzallik beradi"

  • 3 may, 13:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klubning yaqinda qo‘lga kiritgan APL chempionligi haqida fikr bildirdi. U bu yutuq jamoa tarkibi va transfer siyosatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidladi:

Tecno

"Avval men qiziqqan futbolchilar bilan suhbatda doim aytardim: bizdagi muxlislar o‘ziga xos, bu jamoada o‘ynash katta sharaf. Rostini aytsam, shunday deyishim shart ham emasdi, chunki bu baribir ko‘rinib turardi.

Endi esa yakshanba kuni chempionlikka erishganimizdan so‘ng, bunday gaplarni aytmasam ham bo‘ladi. Hammasi ayon.

Chempionlik va muxlislarimiz — bu xohlagan futbolchini jamoamizga jalb qilish uchun kuchli asos", – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi mersesaydliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!