“ArMI—2022”: “Tank biatloni” jamoamiz finalda

  • 25 avgust, 2022, 11:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Kecha Moskva viloyatining “Alabino” poligonida “Tank biatloni” musobaqasining yarim final birinchi guruh bellashuvlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Unda vakillarimiz Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston jamoalari bilan bir guruhdan joy olib, final yo‘llanmasi uchun kurashgandi. Yurtdoshlarimiz o‘rin olgan guruhda natijalar quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:

Rossiya – 1 soat 29 daqiqayu 59 soniya;
Belarus – 1 soat 39 daqiqayu 29 soniyada;
O‘zbekiston – 1 soat 53 daqiqayu 39 soniya;
Mo‘g‘uliston – 2 soat 4 daqiqayu 39 soniya.

Bugun yarim finalning ikkinchi guruh bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy, Ozorbayjon, Vetnam va Qozog‘iston vakillari o‘zaro bellashdi. Natijalar esa quyidagicha:

Xitoy – 1 soat 51 daqiqayu 57 soniya;
Ozarbayjon – 1 soat 57 daqiqayu 39 soniyada;
Vetnam – 2 soat 10 daqiqayu 1 soniya;
Qozog‘iston – 1 soat 54 daqiqayu 53 soniya.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, yarim finalda har ikkala guruh ichidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 ta ishtirokchi jamoa finalga yo‘l oladi. Bugun o‘sha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Bular: Rossiya, Belarus, Xitoy va O‘zbekiston.

“Tank biatloni” jamoamiz 2019 yili mazkur musobaqada ilk bor ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng vakillarimiz eng kuchli jamoalar o‘rin olgan birinchi divizionda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi. Bu yil esa tankchilarimiz chinakam matonat ko‘rsatib, musobaqaning final bosqichi ishtirokchisiga ham aylandi. Polkovnik Juma Atashev boshchiligidagi yigitlarimizga 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsida ham omad yor bo‘lishini tilaymiz. Olg‘a, O‘zbekiston!

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!