Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purari A Seriya grandiga o‘tishi mumkin

  • 16 yanvar, 2022, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning "River Pleyt" klubi hujumchisi Xulian Alvares Italiya A Seriyasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist-insayder Nikolo Skira.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchining vakillari joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Toronto”ga ko‘chib o‘tadigan Lorenso Insinega munosib o‘rinbosar qidirayotgan "Napoli"ga o‘z xizmatlarini taklif qilishgan.

21 yoshli futbolchining shartnomasida tovon puli 25 million evroni tashkil etadi. U Argentina chempionatining so‘nggi mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirib, musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!