
Arauxo: “G‘alaba kutgandik, ammo bir ochko ham yomon emas”
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo La Liganing 31-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa uch ochko olishni xohlagan, ammo hech bo‘lmaganda mag‘lubiyatdan qochish muhim bo‘lgan.
"Biz bugun uch ochko olishni juda istadik. Shu bois, natijadan keyin og‘riqli his qoldi. Lekin bir ochko ham yomon emas – biz ochko yig‘ishda davom etmoqdamiz. Endi to‘rt ochkolik farq paydo bo‘ldi va bundan keyin ham oldinga intilishimiz kerak.
Bizning La Ligadagi yo‘nalishimiz aniq – har bir o‘yinga alohida yondashyapmiz. Biz raqiblarga emas, o‘z o‘yinimizga qarab harakat qilamiz. Bugun farqni oshirish imkoniyati bor edi, ammo biz bosqichma-bosqich harakat qilmoqdamiz.
U shuningdek, standart vaziyatlardan o‘tkazib yuborilgan gollarga ham e’tibor qaratdi:
— Har doim standart vaziyatlarda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Bu – mayda detal, ammo katta ahamiyatga ega. Qachonki g‘alaba qozona olmasang, mag‘lub bo‘lmaslik kerak, – deya qo‘shimcha qildi urugvaylik fulbek.
Fikrlar