"Aral" o‘rtoqlik o‘yinida "Surxon"ni mag‘lub etdi

  • 23 fevral, 2024, 22:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi mavsumiga tayyorgarlik davom etmoqda. Bugun Toshkent shahrida «Surxon» navbatdagi nazorat uchrashuvni o‘tkazdi. Raqib - Pro Liga vakili «Aral» jamoasi bo‘ldi

Tecno

Ushbu bahsda bosh murabbiy Fevzi Davletov deyarli barcha o‘yinchilarga o‘yin amaliyotini berdi. Uchrashuvdan maqsad nafaqat futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, balki taktik harakatlar ustida ishlash edi. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi, «Surxon» ham, «Aral» ham xavfli vaziyatlarga duch keldi. 3-daqiqada, raqib futbolchisi “Surxon” jarima maydonchasiga uzatma qildi, lekin posbonimiz Artyom Potapov to‘pni ushlab oldi

21-daqiqada, Dmitriy Pletnyov jarima zarbasini tepdi. Uning zarbasidan keyin, to‘p noaniq ketdi. 30-daqiqada, Silvanus Nimeli yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi. Afsus, uning zarbasidan keyin «Aral» himoyachisi to‘pni ochiq turgan darvozadan chiqarib yubordi. Taym oxirida, Diyor Ramazonovda ham yaxshi vaziyat vujudga keldi

45-daqiqada esa «Aral» futbolchisi Obid Juraboev standart vaziyatdan keyin bosh bilan zarba berib, uchrashivdagi hisobni ochdi - 0:1

Ikkinchi bo‘limda, “Surxon” tarkibida boshqa futbolchilar maydonda harakat qilishdi. 52-daqiqada, Nodirxon Ne’matxonov bosh bilan zarba berdi. «Aral» posboni to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi. 82-daqiqada esa Asilbek Jumaev yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. O‘yin oxirida, Ikkinchi taym davomida zaxiradan tushgan Abdug‘ofur Haydarov «qaychi» usilida chiroyli zarba berdi. Ammo keyin uchrashuv hakami folni qayd etdi

Uchrashuvda yagona gol evaziga, «Aral» jamoasi g‘alaba qozondi

Nazorat uchrashuv, 23 fevral

«Surxon» - «Aral» - 0:1

Gol: O. Juraboev 45ʼ

«Surxon» (1-taym): Artyom Potapov, Behruz Shaydulov, Bobur Asqarov, Egor Krimets, Sunnatulloh Xamidjonov, Diyor Ramazonov, Dmitriy Pletnyov, Doston Tursunov, Jahongir Abdusalomov, Silvanus Nimeli, Ulug‘bek Hoshimov.

«Surxon» (2-taym): Artyom Potapov, Aziz Pirmuhammadov, Nodirxon Ne’matxonov, Abduqodir Amirqulov, Sardor Mahmudov, Xumoyun Sherbo‘taev, Sarvar Abduhamidov (Abdug‘ofur Haydarov), Kamron Saydazimov, Asilbek Jumaev, Asadbek Karimov, Muhammad-Ali Abdurahmonov.

“Surxon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!