Arab kubogi. Marokash Saudiya Arabistonini kichik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, O‘mon Qamar orollarini engdi
Qatar mamlakatida Arab kubogi musobaqasi davom etmoqda. "B" guruhida 3-tur doirasida ikki uchrashuv o‘tkazildi.
Marokash Saudiya Arabistonini kichik 1:0 hisobida taslim qilib, guruh peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi. O‘mon esa Qamar Orollarini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, keyingi bosqichga Marokash hamda Saudiya terma jamoasi yo‘l oldi.




Fikrlar