
"Ar Rayyan"ning frantsiyalik murabbiyi iste’foga chiqdi
Qatar Yulduzlar Ligasi vakili "Ar Rayyan" klub bosh murabbiyi Loran Blan bilan xayrlashdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Frantsiyalik mutaxassis qoniqarsiz natijalar ko‘payib ketgani bois iste’foga chiqarilgani aytilmoqda. Blanning o‘rnini Qatar o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Nikolas Kordova egallaydi.
Ma’lumot o‘rnida, "Ar Rayyan" ayni payt Qatar Yulduzlar ligasida 18 ochko bilan jadvalning 9-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar