AQShlik promouterlar yurtdoshimizni aldagan edimi?

  • 11 iyul, 2019, 19:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

AQSh da bir qator bokschilarimiz professional faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. Ular orasida mag‘lubiyat bilmay kelayotganlari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan, Xurshidbek Normatov ham profi ringda barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib kelmoqda. Hamyurtimiz, havaskor boksda ham o‘ziga xos ijobiy natijalarni qayd eta olgandi. Biz ushbu charmqo‘lqop ustasi bilan bog‘lanib, okean ortidagi hayoti, profi boksdagi faoliyati bilan qiziqdik…

Tecno

Sports.uz ma’lumoti.

Xurshidbek Normatov 1992 yil 15 aprelda Andijon viloyati Chinobod shahrida tavallud topgan. Birinchi murabbiyi, Ziyoyiddin Tayg‘onboev. Havaskor boksda besh karra O‘zbekiston chempioni. 2013 yil bo‘lib o‘tgan Butunjahon Universiadasi vitse-chempioni. Professional boksda 8 tajang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini uch marotaba nokautgan uchrata olgan. Hozirda, Nyu-York shtati Bruklin shahrida istiqomat qiladi.

xuu_1

Hamyurtimiz yolg‘on qurboni bo‘lganmidi?

- Beruniy bobomiz kashf qilgan qit’adagi hayot qanday kechmoqda?

- Yaratganga shukr! Hammasi yaxshi.

- Adashmasam, yangi promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan ekansiz?

-Ha, hozirda “Debilla Entertainment” bilan birgaman.

- Avvalgisi haqida ma’lumot bersak ham yaxshi bo‘lardi?

- “Fight Promotion” edi.

- Nima sabab bo‘ldi yangisi bilan hamkorlik qilishga? 

- Asosiy sabab, yolg‘on ishlatishganida bo‘ldi. Dastlab, 2016 yili ushbu promouterlik tashkiloti bilan shartnoma tuzdik. O‘sha vaqtlar biz profi boksning ikir-chikirlariga yaxshi tushunmasdik. Bu borada tajribasi bor insonlarga ko‘rsatganimda, ajoyib shartnoma, zo‘r ekan deyishdi. 

Aslida, menga Frantsiya va Yaponiyadan ham yaxshigina takliflar bor edi. AQShni tanlashimga asosiy sabab, akam shu erda ishlab, istiqomat qilishi hamda professional boks olamida ushbu yurtning tutgan o‘rnini inobatga olgandim. Shartnoma tuzishdan avval katta-katta va’dalar berishgandi.

Bu erga kelganimda esa, u darajada qulay emasdi. Qolaversa, gonorar masalasida ham aldovlar bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, ular tashkil etgan uchta jangda ringa chiqdim. Va’dalar esa amalga oshmayotgandi. Shundan so‘ng, ularga qo‘yib yuborishlarini aytdim. Shartnomani bekor qilishga ham bir yil vaqt ketdi. Bu vaqt orasida birorta jang o‘tkaza olmadim. 2017 yil O‘zbekistonga kelib, yangidan xujjat tayyorlab, hozirgi promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladim.

xuuu

 Deontey Uaylder bilan bir promouterlik kompaniyasidami?

 

- Umuman olganda “Debilla Entertainment”ning imkoniyati, reytingi qay darajada yoxud qaysi mashhurlar mazkur tashkilot shafeligida janglar o‘tkazadi? 

- Imkoniyatlari juda yaxshi,reytingi ham yuqori. Deontey Uaylder, Jo Uilyams, Sergey Derevyanchenko, Feliks Diaz juda ko‘p bunday yulduzlar. Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham ushbu promoushen bilan hamkorlik qiladi.

- Bahodir Sankt-Peterburgda mashg‘ulotlar olib boradi shekilli?

- Shunchaki, uning menejerlari rossiyaliklar.

 Meksikalik bokschilarning kuchli tomoni nimada ekanligini bilasizmi?

- Shartnoma bandlari nimalardan iborat ya’ni hozir siz faqat boks xaqida o‘ylaysizmi yoki tirikchilik uchun boshqa biror ish bilan ham shug‘ullansizmi. Chunki, shunday tarzda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimiz ham yo‘q emas?

- Faqat boks haqida o‘ylayman. Qolgan barchasini menejerim xal qiladi.

- Mana AQSh da yashab, faoliyat yuritayapsiz. Tabiiyki, meksikalik, AQShlik professional bokschilarni bevosita kuzatish, ular bilan yaqindan muloqot uchun imkoniyatlar bo‘layotgandir. Aytingchi, nima uchun ular profi boksda yuqori natijalarni qayd eta olyapti. Ularning biznikilardan farqi yoki ustunlik jixatlari nimada?

- Shaxsan ularning xech qanday ustunligi yo‘q deb o‘ylayman. Meksikaliklarni chidamli ekanligini aytishim mumkin. 

xxuu

Professional boksga o‘tib ketishining sababi Bektemir Meliqo‘ziev bilan bog‘liqmidi?

- Professional boksga o‘tib ketishingizning asosiy sababi, o‘zbek havaskor boksida aynan sizni vazn toifangizda Bektemir Meliqo‘zievning paydo bo‘lganiga bog‘lashadi?

- Yo‘q. Bu istak “Ukraina atamanlari” tarkibida yarim professional turnirlarda ishtirok etganimdan keyin paydo bo‘lgan.

- Keling, “Ukraina atamanlari” safidagi xotiralarni yodga olamiz. O‘sha kubalik mashhur Arlen Lopesni aynan ushbu “Ukraina atamanlari” safidagi musobaqada nokdauntga uchratgan edingiz. Yanglishmadimmi?

- Ha, o‘shanda birinchi raundda uni yiqita olgandim. O‘zini yo‘qotib qo‘ygandi.

- Xasanboy Do‘stmatovni ta’kidlashicha sizni va o‘zining yuksalishida ushbu Ukraina klubining xizmati katta bo‘lgan ekan. Siz bu borada qanday fikr bildira olasiz?

- Albatta. Xasanboy juda to‘g‘ri aytib o‘tgan. Bizning ushbu klubdagi faoliyatimiz  keyingi muvaffaqiyatlarimizga sababchi bo‘lgan deb men ham bemalol ayta olaman.

- Bilamizki, 75 kg vazn toifasida sizdan keyin Bektemir Meliqo‘ziev, Isroil Madrimovlarlar birinchi raqam bo‘lib, harakat qilishdi va ajoyib natijalarni qayd eta olishdi. Nima deb o‘ylaysiz, balki biroz professional boksga o‘tishga shoshilgandirsiz?

- Bunday deb o‘ylamayman. Avvaldan bashorat qilish qiyin. Rizq-nasibamiz shu erda ekan. Omadimizni shu erdan qidiryapmiz. Omad ba’zilarga erta, ba’zilarga esa kech bo‘lsada keladi.

kk

Qahramonimizga Okean ortida qanday nom berishgan?

- Odatda, bokschilarni yana biror nom bilan atash tabiiydek xolatga aylangan. “Temir Mayk”, “Oq Tayson” “Pekmen” kabi. Balki, sizni ham bu erda qandaydir nomlaringiz bordir ?

-  Shunchaki Normatov deb atashadi :). 

- Hozirda, sizga ustozlik qilayotgan murabbiylar o‘zbek boks ixlosmandlarini qay tomonlama xayron qoldira oladi?

- Garri Stark va Andre Rozi qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayapman. Ushbu murabbiylar borasida faqat iliq fikrlar bildirishim mumkin. Xayron qoldiradigan tomonlarini so‘z bilan ifoda eta olmayman. Buning uchun,ular qo‘l ostidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish zarur. Shunchaki, Daniel Jeykobs, Markus Braun, Richard Kommey va Sergey Deryavyanchenkolarni janglarga tayyorlaganligini ayta olaman.

Andijon boksidagi og‘riqli xolatlarga izox berdi.

- Havaskor bokschilarimizning natijalarini kuzatib borayapsizmi?

- Albatta. Ularning har bir yutug‘idan faxrlanaman.

- Lekin Andijon boksi avvalgi saloxiyatini yo‘qotayotgandek taassurot uyg‘otmayaptimi. Chunki, hozirda terma jamoaga e’tibor qaratsangiz, Xasanboy Do‘stmatov vaznini 52 kg ga ko‘targandan so‘ng, termada yaqqol birinchi raqamli Andijon boksi vakili qolmadi?

- Bunga aniq bir sababni ko‘rsata olmayman. Biroq, O‘zbekistonning turli burchaklarida boksga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqish kuchaygan. Barcha viloyatlarda rivojlanish bo‘lmoqda. Har bir soxada ham biroz pasayish yuzaga keladi. Aynan shunday xolatlar keyinchalik yuqori yutuqlarni qo‘lga kiritishga sabab bo‘ladi. Ishonaman, Andijon boks maktabi yana etakchilar qatoriga qaytadi. Chunki, tajribali murabbiylar faoliyat olib borayapti. Iste’dodli yoshlar tarbiya topmoqda. Bu omillar albatta o‘z mevasini beradi.

Amerikaliklarning qarishni istamasligi borasidagi fikrlari...

- Qo‘shma shtatlarda faoliyat olib borayotgan sportchilarimiz juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Qolaversa, istiqomat qilayotganlar ham bisyor. Balki, o‘zaro “gap-gashtak”  yoki choyxonalar paydo bo‘lgandir?

- To‘g‘risi, bu erda barcha o‘z ishi bilan ovora. Lekin Nyu-Yorkka kelgan do‘stlarimiz bilan ko‘rishib turamiz.

- Bu zaminda nimaga ko‘nika olishingiz qiyin kechmoqda?

- Birinchi kelganimda juda ko‘p xolatlarda qiynalardim. Hozir esa barchasi iziga tushib ketgan.

- Amerikaliklarni qaysi jihatiga qoyil qoldingiz?

- Bilasizmi, bu erdagilarning bir jihati judayam yoqadi. Misol uchun, O‘zbekistonda 50 yoshdan oshsa bo‘ldi, qarilikni bo‘yniga oladi. Amerikaliklar esa, 60-70 kirsa ham sport majmualariga borishni kanda qilmaydi. Doimo, harakatda, nimagadur intiladi. Bo‘ldi yoshim o‘tdi deb, to‘xtab qolishmaydi.

- Navbatdagi jangingiz qachon bo‘lishi kutilmoqda?

- Nasib qilsa, 29 avgustda rejalashtirilmoqda.

- Raqib aniqmi?

- Yo‘q.

- Negadir matbuotda, inetrnet olamida kam ko‘rinish berasiz?
- Sizga o‘xshab, faoliyatimizga qiziqish bildiradiganlar kamda. O‘z-o‘zimni reklama qilib chiqa olmaymanku… :)

- Lekin reklama, “piar” sportchi uchun muxim jarayonku. Qolaversa, shunday qilayotganlar ko‘plab topiladi?

- Hammaning harakateri har-xilda. Negadir bunday narsalarga intilmayman.

xuuuuu

Xurshidbek blits savollarga ham javob berdi.

 Qoida esa, bokschilardan birini tanlashdan iborat.

- Vasiliy Lomachenko yoki Timoti Bredli?

- Lomachenko.

- Migel Gotto yoki Rafael Markes?

- Markes.

- Zab Judda yoki Sheyn Mosli?

- Sheyn Mosli.

- Feliks Trinidad yoki Bernard Xopkins?

- Albatta, Xopkins.

- Aleksandr Kovalyov yoki Artur Beterbiev?

- Aslida ikkalasi ham yoqadi. Beterbiev bo‘laqolsin.

-Aleksandr Usik yoki Murat Gassiev?

-  Usik. Aslida Gassiev ham yoqadi.

- Oleg Maskaev yoki Vitaliy Klichko?

- Klichko.

- Mayk Tayson yoki Ruslan Chagaev

- Albatta. Ruslan aka.

- Muxammad Ali - Jo Frezer

- Shubhasiz, Muxammad Ali.

pp

 

 

Ahmadbek EShMATOV suxbatlashdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!